Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Maktab direktorligiga nomzodlarni oʻqitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi


Maktab direktorligiga nomzodlarni oʻqitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrda qabul qilingan 681-sonli qarori bilan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy oʻrta taʻlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy oʻrta taʻlim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

maktab direktorlariga – 50 foiz;

direktor oʻrinbosarlariga – 30 foiz.

Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga koʻra:

umumtaʻlim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;

nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda roʻyxatdan oʻtadi;

sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

 

Bekobod tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich