Янгиликлар
Ish haqini natura shaklida toʻlash tartibi belgilandi
Ish haqini natura shaklida toʻlash tartibi belgilandi
“Ish haqini natura shaklida toʻlashni tartibga solish toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (286–son, 13.07.2023-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, mehnatga natura shaklida haq toʻlanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:
➖xodim yoki uning oilasi isteʼmoli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
➖oʻziga xizmat koʻrsatilishi va uy xoʻjaligini yuritishda koʻmaklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan taʼminlash shaklida hisob-kitob qilish.
➖Shuningdek, ish haqini natura shaklida toʻlash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida koʻrsatiladi.
Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Xodimning yozma roziligidan qatʼi nazar uning ish haqidan:
➖50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida toʻlanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas;
➖50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida toʻlash taqiqlanadi.
Ish haqini natura shaklida toʻlashda quyidagilar taqiqlanadi:
➖xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlganda, ish haqini natura shaklida toʻlash;
➖qishloq xoʻjaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;
➖alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis oʻsimligi hamda qonunchilikda realizatsiya qilish (berish) taqiqlangan oʻsimlik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;
➖uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Boboyorov Asqarali Otabekovich