Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Konstitutsiyani_oʻrganamiz


                    Konstitutsiyani_oʻrganamiz

 

Konstitutsiyamizning 42-moddasi : “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

 

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

 

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”.

 

Mehnat kodeksida har bir shaxsning mehnat qilish huquqi kafolatlari batafsil tartibga solingan.

 

“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunda aholini ish bilan taʼminlash, ishsizlikdan himoya qilish, ishsizlik nafaqasi toʻlash tartibi belgilangan.

 

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan birinchi kundan eʼtiboran hisoblanadi va toʻlanadi.

 

Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida koʻpi bilan 26 kalendar hafta davomida toʻlanadi.

 

Insonning munosib yashashi deganda, insonning yashash xarajatlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, kommunal, transport, aloqa va boshqa) qoplash, shuningdek taʼlim olish, sogʻliqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega boʻlishi tushuniladi.

 

Homilador yoki bolasi bor ayollarning ishga joylashish huquqi konstitutsiyaviy kafolat sifatida belgilangan.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                     Mavlanov Baxodir Bazarbay oʻgʻli