Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

BOQUVCHISI BOʻLMAGAN XOTIN-QIZLARNING UY-JOYINI TAʼMIRLASH UCHUN ULARGA 10 200 000 SOʻMGACHA MABLAGʻ AJRATILADI


BOQUVCHISI BOʻLMAGAN XOTIN-QIZLARNING UY-JOYINI TAʼMIRLASH UCHUN ULARGA 10 200 000 SOʻMGACHA MABLAGʻ AJRATILADI

 

Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning bir nechta yoʻnalishlari koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash ishlari olib borilishi koʻrsatilgan.

Qarorda xar bir uy-joyni taʼmirlash ishlariga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (10 200 000 soʻm)gacha miqdorda mablagʻ ajratilishi belgilangan

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                     Mavlanov Baxodir Bazarbay oʻgʻli