Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Biometrik pasport yoʻqotib qoʻyilganda nima qilish kerak?


               Biometrik pasport yoʻqotib qoʻyilganda nima qilish kerak?

     Pasportini yoʻqotib qoʻygan fuqaro zudlik bilan doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga xabar berishi lozim.

 

     Agarda pasportlari yoʻqolgani haqida ariza bergan fuqarolar pasportlarini topib olsalar, pasport egalarining yozma arizalariga asosan pasport yoʻqolgani haqidagi ish yuritish tugatiladi. Agarda yoʻqolgan pasportlar yangi pasport berilganidan keyin topilgan taqdirda, fuqarolar topilgan pasportlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga topshirishlari lozim.

 

      Pasportlar oʻgʻirlangan hollarda bu haqdagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida fuqarolarga maʼlumotnomalar beriladi va ular maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

 

      Fuqaro pasport yoʻqolgani haqida ariza berilgan kundan boshlab 1 oy ichida yangi pasport belgilangan tartibda beriladi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti               Nazarimbetov Nurlibay Paraxatovich