Янгиликлар
KREDITGA OLINGAN UYNI SOTSA BOʻLADIMI ?
KREDITGA OLINGAN UYNI SOTSA BOʻLADIMI ?
SAVOL;
Men ipoteka shartnomasi asosida kreditga uy olgan edim. Xozirgi extiyojimdan kelib chiqib uyni sotmoqchi boʻlsam, menga bir tanishim uyni kreditini toʻlab boʻlmagunimcha buni iloji yoʻq ekanligini aytyabdi. Shu toʻgʻrimi ?
JAVOB;
Amaliyotda kreditga olingan uylar olingan kreditning taʼminoti sifatida garovga olinadi. Yaʼni, oʻrtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi toʻlanmaguncha oʻsha olgan uyingizga banklar tomonidan sotish uchun taqiq qoʻyilgan boʻladi.
Nima qilish mumkin ?
“Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonunning 26-moddasida,➖ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki oʻzgacha usulda faqat ipotekaga oluvchi (Bank) ning roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkingi koʻrsatilgan. Yaʼni, agar bank Sizga mabodo oʻsha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rasman rozilik bersa, shunda uyni sotishingiz mumkin boʻladi.
Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish degan narsa bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir toʻlovga layoqatli shaxsga (yangi qarzdorga, yoki Siz sotmoqchi boʻlgan oʻsha odamga) oʻtkazish mumkin.
Bunda Siz bilan bank oʻrtasida tuzilgan shartnomaga oʻzgartirish kiritiladi va shartnoma boʻyicha Sizni zimmangizda boʻlgan barcha majburiyatlar oʻsha shaxsga oʻtadi
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Nazarimbetov Nurlibay Paraxatovich