Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

YILLIK MEHNAT TAʼTILI HOMILADOR AYOLLARGA QACHON BERILADI


                          YILLIK MEHNAT TAʼTILI HOMILADOR AYOLLARGA QACHON BERILADI

 

 

          Mehnat kodeksining 400-moddasi homilador ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarga yillik mehnat taʼtillarini berish navbatini belgilashdagi imtiyozlar haqida. Unga koʻra:

Homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat taʼtili, ularning xohishiga koʻra, tegishincha homiladorlik va tugʻish taʼtilidan oldin yoki undan keyin beriladi.

Homilador ayollarni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bolani parvarishlash taʼtilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat taʼtili, uning xohishiga koʻra, bola parvarishlash taʼtilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.

     Ishlaydigan erkaklarga xotinining homiladorlik va tugʻish taʼtili davrida oʻz xohishiga koʻra yillik mehnat taʼtili:

     birinchi ish yili uchun — ishlab berilgan vaqtdan qatʼi nazar;

     keyingi yillarda — taʼtillar berish jadvalidan qatʼi nazar beriladi.

 

     Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta va undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz otaga, yolgʻiz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat taʼtillari, ularning xohishiga koʻra, ular uchun qulay boʻlgan vaqtda beriladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti               Nazarimbetov Nurlibay Paraxatovich