Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

MEROS QOLDIRILGAN UYNI SOTISHDA TURMUSH OʻRTOGʻINING ROZILIGI SHARTMI?


MEROS QOLDIRILGAN UYNI SOTISHDA TURMUSH OʻRTOGʻINING ROZILIGI SHARTMI?

 

 

Oila kodeksining 24-moddasiga binoan er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki boʻlgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir.

 

Er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bogʻliq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga koʻra amalga oshirilayotganligini anglatadi.

 

Er (xotin) oʻzining nomiga rasmiylashtirgan umumiy koʻchmas mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Koʻrsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir.

 

Mazkur kodeksning 25-moddasiga asosan er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining oʻz mulki hisoblanadi.

Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki yoki ulardan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablagʻlar (kapital taʼmirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qoʻshilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.

Demak, meros boʻlib qolgan uyga er yoki xotin tomonidan mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib keladigan mablagʻ qoʻshilganligi aniqlanmasa, meros merosxoʻrning oʻz mulki hisoblanib, oldi-sotdi shartnomasining notarial tasdiqlanishida eri yoki xotinining roziligi talab qilinmaydi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti               Xaitmetov Farxod Shuxratovich