Янгиликлар
BOLALARNI FAMILIYASINI OʻZGARTIRISH
BOLALARNI FAMILIYASINI OʻZGARTIRISH
Erim bilan ajrashganimizga 2 yil boʻldi. Erimning familiyasiga yozilgan 6 yoshli qizimiz bor. Men uning familiyasini oʻzimnikiga oʻzgartirmoqchiman. Shu masalada men vasiylik va homiylik organiga murojaat qildim. Ular sobiq turmush oʻrtogʻimning roziligini soʻrashdi, lekin u qatʼiyan rad etdi. U bolaga aliment toʻlaydi. Farzandimning familiyasini uning roziligisiz qanday oʻzgartirishim mumkin?
Oila kodeksining 70 moddasiga asosan, agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota yoki ona bolaga oʻz familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qilishi belgilangan.
Otaning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmaganda, u otalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki bolaga taʼminot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga koʻra boʻyin tovlagan hollarda uning fikrini hisobga olish shart emasligi mazkur moddada oʻz aksini topgan. Yaʼni, manashu koʻrsatilgan hollardagina uning roziligisiz bolaning familiyasini oʻzgartirish mumkin.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Xaitmetov Farxod Shuxratovich