Янгиликлар
UY-JOYGA EGALIK QILISH HUQUQINI QANDAY YOʻL BILAN OLISH MUMKIN
UY-JOYGA EGALIK QILISH HUQUQINI QANDAY YOʻL BILAN OLISH MUMKIN
Savol: Ota-onamdan kolgan uy-joy kadastr kildirganman uy-joyga egalik qilish huquqini qanday olishim mumkin?
Javob: Bu vaziyatda yer uchastkasini qonuniylashtirishning birgina yoʻli sud orqali hal qilishdir.
Fuqarolik kodeksi 187-moddasiga muvofiq mulkdor boʻlmagan, lekin koʻchmas mol-mulkka oʻn besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).
Qoidaning mazmuniga muvofiq fuqaro oʻziga tegishli boʻlmagan mulkdan 15 yil davomida foydalansa, uni eskirishga emas, balki yaxshilanishiga erishsa, bu mulkdan foydalanishi haqida boshqalar (qoʻni-qoʻshni, MFY va h.k.) xabardor boʻlsa va eng asosiysi foydalanish muddati uzulishsiz boʻlsa, (yaʼni 10 yil mulkdan foydalanib orada 1 yoki 2 yil foydalanmay keyin yana foydalangan boʻlmasligi) shaxsda shu mulkka nisbatan mulk huquqini olish mumkin. Mazkur kodeks 1995-yilda qabul qilingan va shu davrdan boshlab yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib keladi.
Shunday ekan, sizdagi vaziyatda 2005-yildan beri uyda (haqiqatda mulkdori boʻlmagan) yashab, undan foydalanib kelayotgan fuqaroda uyga mulk huquqini olish mumkinligini koʻrsatadi.
Koʻchmas va boshqa mol-mulkka davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart boʻlgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda ana shunday roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida egalik qilish muddatini vaj qilib keltiradigan shaxs oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan shaxsning bu mol-mulkka egalik qilib kelgan barcha vaqtini oʻzining egalik qilish vaqtiga qoʻshishi mumkinligi aytilmoqda.
Siz fuqarolik sudiga uy-joyga egalik huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishingiz lozim. Sudning hal qiluv qarori chiqarilgandan soʻng, shu qaror asosida uy-joyga egalik huquqini olishiz mumkin.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Xaitmetov Farxod Shuxratovich