Янгиликлар
Qanday hollarda xodimning roziligidan qatʼi nazar uning mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin?
Qanday hollarda xodimning roziligidan qatʼi nazar uning mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin?
, Mehnat kodeksining 269-moddasida xodimning roziligidan qatʼi nazar, mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin boʻlgan holatlar keltirilgan.
Bular quyidagilar:
1) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish uchun;
2) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
3) ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xoʻjalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga oʻtganligi munosabati bilan berilgan boʻlib, sarf qilinmay qolgan va oʻz vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha toʻlangan summani qaytarib olish uchun;
4) hisobidan xodim taʼtil olib boʻlgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
5) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmasa;
6) Hodimga intizomiy jazo sifatida qoʻllangan jarimani undirish uchun
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Farmonqulov Vaxob Mametqulovich