Янгиликлар
KIMLAR BOLAGA BOGʻCHA PULI TOʻLASHDAN OZOD QILINADI?
KIMLAR BOLAGA BOGʻCHA PULI TOʻLASHDAN OZOD QILINADI?
"Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom"ga koʻra, bogʻchada bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi.
Toʻlovdan birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek oʻrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomaga va tegishli bogʻcha ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati har oʻquv yilining 25-sentyabr kuniga qadar tasdiqlanadi.
Roʻyxatga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam taʼminlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi xamda toʻlovdan ozod qilingan bolalarning bogʻchaga qatnashi toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar mazkur zahiradan toʻldirib boriladi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Farmonqulov Vaxob Mametqulovich