Янгиликлар
Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar
Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar
Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va kontrakt boʻyicha oʻqiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi toʻlab beriladi.
Kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalarga taʼlim krediti beriladi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning nogiron oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming soʻm) miqdorida yordam koʻrsatiladi.
Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (16 mln 500 ming soʻm) miqdorda subsidiya ajratiladi.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 13 turdagi yordam beriladi.
Ayrim yoshlar OTMga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etiladi.
“Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi
Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Farmonqulov Vaxob Mametqulovich