Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ona yosh bolasini tashlab chetga chiqib ketishi mumkinmi?


Ona yosh bolasini tashlab chetga chiqib ketishi mumkinmi?

 

 

Fuqarolik kodeksi hamda “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini koʻrishi shart.

 

Bunda ota-ona uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida oʻz bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shart. Bu holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, belgilanadi.

 

Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin oʻz bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash toʻgʻrisidagi arizani oʻzi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerak.

 

Shuningdek, ushbu majburiyatni bajarmaslik Maʼmuriy javobralik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-7-moddaga muvofiq  bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti               Farmonqulov Vaxob Mametqulovich