Янгиликлар
FUQAROLARNING MUROJAATLARIGA EʼTIBORSIZ BOʻLGAN MANSABDORLARGA JAVOBGARLIK BOR !!!
FUQAROLARNING MUROJAATLARIGA EʼTIBORSIZ BOʻLGAN MANSABDORLARGA JAVOBGARLIK BOR !!!
Fuqarolarning murojaatlarni koʻrib chiqish muddati 15 kungacha, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasiga koʻra, quyidagi holatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:
murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.
Mana shunday huquqbuzarlik sodir etgan mansabdor shaxslarning bu harakati ularga nisbatan BXMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Farmonqulov Vaxob Mametqulovich