Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Maktabda 0.5 stavka ishlaydigan xodimdan kunboʻyi ishlashni talab qilish mumkinmi?


Maktabda 0.5 stavka ishlaydigan xodimdan kunboʻyi ishlashni talab qilish mumkinmi?

 

Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 296-moddasiga koʻra ichki mehnat tartibi qoidalari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishga qabul qilish va xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi, mehnat shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ish rejimi, dam olish vaqti, xodimlarga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyozlar va jazo choralari, shuningdek ushbu ish beruvchida mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa masalalarni tartibga soluvchi ichki hujjatdir. Demak, sizdagi holatda ham ish vaqtiga oid meyorlar ushbu hujjatda belgilanadi.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan oʻttiz olti soat qilib belgilanadi.

Shunga koʻra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.

Demak, 1 stavka ishlaydigan xodim haftasiga 36 soat va kuniga 6 soat ishlashi lozim.

Bundan koʻrinib turibdiki, 0.5 stavka ishlaydigan xodim haftasiga 18 soat va kuniga 3 soat ishlaydi.

Shunday ekan, sizdan kun boʻyi ishlashni talab qilish mumkin emas.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                              V.M. Farmonqulov