Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Boquvchisini yoʻqotgan ayollarga qanday imtiyozlar bor?


 

Boquvchisini yoʻqotgan ayollarga qanday imtiyozlar bor?

 

Boquvchisini yoʻqotgan ayollarga bir qator imtiyozlar mavjud:

 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022-yildagi PF-87-son Farmoni 17-bandiga muvofiq, boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning:

farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qiladi.

           2. Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor hamda boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklarning soliq solishdan qisman yaʼni daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom boquvchisini yoʻqotgan ayollar ushbu nizom talablariga javob berganda moddiy yordam yoki bola puli olishi mumkin boʻladi.

4. Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun 19-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramogʻida (20-modda) boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻladi.

           Bunda ota, ona, oʻgay ota, oʻgay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan (ayollarda 55 yosh) yoki nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsalar  oilaning mehnatga qobiliyatsiz aʼzolari hisoblanadilar.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                               B.B.Mavlanov