Янгиликлар
Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi
Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–889, 25.12.2023-y.) bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida koʻrish bosqichi joriy etildi.
Ishlar taftish tartibida Oliy sudning Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida va alohida hollarda Oliy sud Rayosatida koʻriladi.
Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.
Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻladi.
Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 6 oy ichida berilishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Harbiy sud nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 1 yil ichida beriladi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti F.Sh.Xaitmetov