Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sharʼiy nikohdagi farzandga ham aliment toʻlanadimi?


Sharʼiy nikohdagi farzandga ham aliment toʻlanadimi?

 

Maʼlumki, Oila kodeksi 96-moddasiga muvofiq, har bir ota-ona farzandi uchun aliment toʻlashga majbur hisoblanadi.

Bu va bundan keyingi normalarda alimentning voyaga yetmagan farzand uchun (ayrim holatlarda voyaga yetganlari uchun ham) belgilangan. Bunda qonun chiqaruvchi er-xotinning qonuniy yoki sharʼiy nikohdaligi emas, balki bolaning shu ota-onadan tugʻilganligini faktini asos qilib oladi.

Soddaroq aytganda bir uyda qonuniy yoki sharʼiy nikoh asosida yashab turib ham aliment undirish mumkin. Bunda eng asosiysi bola aliment undirish soʻralgan ota yoki onadan tugʻilganligini tasdiqlovchi dalillar (tugʻilganlik haqidagi guvohnomadagi ota-ona haqidagi yozuvlar yoki sudning qarori) boʻlishi kifoya.

Yuqoridagi kodeks 136-moddasiga muvofiq aliment olish huquqiga ega boʻlgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan soʻng qancha muddat oʻtganidan qatʼi nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Shunga koʻra,  sharʼiy nikohdagi farzandga ham aliment toʻlash kerak.

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                               F.Sh.Xaitmetov