Янгиликлар
Qishloq xo`jaligida erkin bozor munosabatlari joriy etilmoqda
Qishloq xo`jaligida erkin bozor munosabatlari joriy etilmoqda
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan qishloq xo`jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, paxta to`qimachilik klasterlari va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar o`rtasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, tarmoqda sog`lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida 2024-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtiruvchi xo`jaliklar va klasterlar o`rtasida paxta xomashyosini yetkazib berish bo`yicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida O`zbekiston Respublika Tovar-xomashyo birjasining “paxta xomashyosi seksiyasi”da har bir hudud bo`yicha alohida o`tkaziladigan savdolar natijalariga ko`ra tuzilishi;
fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim bo`lgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek, klaster bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, o`z mablag`lari, shu jumladan jalb qilingan mablag`lari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotilishi yoki qayta ishlanishi mumkinligi belgilandi.
Bunda:
Fyuchers shartnomasi bo`yicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi fyuchers shartnomasi tuzilgan klasterga to`g`ridan-to`g`ri sotilishi mumkin;
Paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va o`lik paxta) to`liq hajmda birja orqali sotilishi belgilandi.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti S.Mamatqulov