Янгиликлар
Loyihalarni davlat ekologik va shaharsozlik ekspertizalaridan o‘tkazish tartibiga o`zgartirish kiritildi
Loyihalarni davlat ekologik va shaharsozlik ekspertizalaridan o‘tkazish tartibiga o`zgartirish kiritildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-81-sonli Farmonining 9-bandiga asosan 2024-yil 1-yanvardan boshlab atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I toifaga va II toifaga kiruvchi yangi obyektlarni loyihalashtirishda yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va (yoki) lokal suv tozalash inshootlari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan loyihalarni davlat ekologik va shaharsozlik ekspertizalaridan o‘tkazish hamda qurilishi tugallangan obyektlarni, ularni o‘rnatmagan holda foydalanishga qabul qilish man etiladi.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti S.Mamatqulov