Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi transformatsiya qilinmoqda


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi transformatsiya qilinmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-81-sonli Farmonining 9-bandiga asosan atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini sifatli olib borish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafikka asosan 2024-yil yakuniga qadar atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, 2025-yil yakuniga qadar –– II toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga quyidagi majburiyatlar yuklatildi.

atmosfera havosiga ustuvor turg‘un (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish;

yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sanitar himoya zonalarini avtomat statsionar kuzatuv postlari bilan jihozlash.

Mazkur farmonga ko`ra:

chang-gaz tozalash uskunalari, lokal suv tozalash inshootlari va avtomatik monitoring tizimlarini o‘rnatish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xalqaro moliyaviy institutlarning mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochilishi;

2023-yil 1-iyuldan boshlab mazkur bandda ko‘zda tutilgan uskunalarni o‘rnatgan (yoki shartnomaga asosan 15 foizdan ortiq to‘lovlarni amalga oshirgan) korxonalarga atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini teng ulushlarda 36 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etilishi;

mazkur Farmonning ushbu bandida ko‘zda tutilgan uskunalarni o‘rnatmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari 5 baravarga oshirilgan holda qo‘llanilishi belgilandi.

Yangiyo`l tumani adliya bo`limi

yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                          S.Mamatqulov