Янгиликлар
VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI QANCHA MIQDORDA BERILADI?
VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI QANCHA MIQDORDA BERILADI?
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 08.05.2002-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 1136-sonli buyrug‘i “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” NIZOMga binoan nafaqa odatda xodimning ish stajidan kelib chiqib hisoblanadi. Quyidagi xodimlarga nafaqa ish stajidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi:
ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga;
baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida evakuatsiya qilingan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.
Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar (sil, onkologiya kasalliklari, xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, OIV/OITS, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
– umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
– umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
– umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Boshqa xodimlarga nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
– umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sag‘ir) yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
– umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Yangiyo`l tumani yuridik
xizmat ko`rsatish Markazi X.Rahimov
bosh yuriskonsulti