Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ish beruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa miqdorini qanday to‘g‘ri hisoblashi kerak?


Ish beruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa miqdorini qanday to‘g‘ri hisoblashi kerak?

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom belgilaydi (AV ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002 yil), unda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqalar miqdori ham belgilanadi.

Vaqtincha nogironlik nafaqalari miqdori xodimlarning ish staji, shuningdek ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar turlaridan kelib chiqib farqlanadi.

Nizomning 27-bandi bilan (AV ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002 yil) ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 100 foizi miqdorida;

umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 80 foizi miqdorida;

umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 60 foizi miqdorida.

28-bandiga asosan esa Mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sag‘ir) yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;

b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.

Mazkur Nizomning 4-bandiga binoan tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng bir oy ichida kasal bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam ish haqi (bazaviy hisoblash) miqdorida;

b) boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida.

Nizomning 30-bandiga asosan Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqi (bazaviy hisoblash midqori)dan kam bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim.

 

Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat

ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti                                    I.Roziqov