Янгиликлар
Uyni sotishdan olinadigan daromad qaysi holatlarda soliqqa tortiladi?
Uyni sotishdan olinadigan daromad qaysi holatlarda soliqqa tortiladi?
Soliq kodeksining 375-moddasiga ko‘ra mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar.
Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.
Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi.
Yangiyo`l tuman yuridik xizmat
ko`rsatish markazi boshlig`i S.Djamalov