Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

YANA BIR YANGILIK!!!


                                                           YANA BIR YANGILIK!!!

Endi sport bilan muntazam shug`ullanadigan sportchiga sport pasporti beriladi almashtiriladi va hisobga olish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi. Sport pasporti- yagona namunadagi hujjat bo`lib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda uning sport malakasini tasdiqlovchi hujjatdir.

Sport pasportida quyidagilar ko‘rsatiladi:

sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi;

jinsi;

tug‘ilgan sanasi;

sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligi;

tanlangan sport turi yoki sport turlari va sport turining tarmoqlari;

sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur normalar hamda talablar   bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

sportchi tibbiy tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi;

sport musobaqalarida erishilgan natijalar;

sportchining sport diskvalifikatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat mukofotlari va boshqa shakldagi rag‘batlantirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

trenerning familiyasi, ismi, otasining ismi;

tanlangan sport turi yoki sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar.

        Sport pasportidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishda;

sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda;

tibbiy tekshiruvdan o‘tishda;

sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

Xizmat ko`rsatish muddati 7 ish kuni

·         Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 54 400 so'm (0.15 BHM)

 

 

Toshkent viloyati Angren shahar

Adliya bo`limi Davlat xizmatlari markazi

Bosh mutaxassisi Nazarova Nargiza Qadambayevna