Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-t
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 4804-sonli qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorga asosan: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida tajriba tariqasida:
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari yaratayotgan tadbirkorlik subyektlariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali har bir yaratilayotgan ish o‘rni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, biroq jami har bir tadbirkorlik subyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga, bir yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaratilgan ish o‘rnida nogironligi bo‘lgan shaxslarning kamida bir yil ishlashi sharti bilan mikrokreditlar ajratish tartibi joriy etilishini;
ishga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestrini shakllantirish va reyestrga kiritilgan shaxslarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishga ko‘maklashishni;
tadbirkorlik subyektlariga ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratilishini;
Vazirlik tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayniqsa, kam ta’minlangan va mehnat migrantlari oilalarining a’zolari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul o‘qitish kurslarining tashkil etilishini ta’minlash yuklatilgan.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti R.Surobov