Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (14.10.2021-y.) OʻRQ–722-con Qonun mazmun-mohiyati


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (14.10.2021-y.) OʻRQ–722-con Qonun mazmun-mohiyati

 

Qonun bilan Soliq kodeksiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksning 99-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Davlat soliq qoʻmitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi mustasno).

Soliq kodeksning 100-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotgan, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlagan, ammo moliyaviy ahvoli soliq qarzini muddatida toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmagan manfaatdor shaxslarga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.

Soliq kodeksning 378-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasining professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, shuningdek 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yoʻnaltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Maʼlumot uchun ilgari ushbu imtiyoz faqat oliy taʼlim boʻyicha tatbiq etilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha kiritilib deputatning yordamchisi instituti qonunchilikka tatbiq etildi. Unga koʻra, deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda oʻz saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun deputatga yordamchi olish huquqi berildi.

Bojxona kodeksining 329-moddasiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shugʻullanayotgan, bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini yaxshi (yoki oʻz vaqtida) bajarib kelgan tadbirkorlik subyektlariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berildi.

Asos. 14.10.2021-y. OʻRQ–722-con Qonun.

Piskent tumani Adliya boʻlimi

            Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                      R.Surobov