Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

O‘zbekiston Respublikasining 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son Qonuni 44-moddasiga ko’ra (Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar) muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedag


O‘zbekiston Respublikasining 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son Qonuni
44-moddasiga ko’ra (Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar) muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

 

Masalan, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlari va bolalar uylarida bolalar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda bajariladigan ishlarda ishlashi mumkin emas https://lex.uz/docs/-5705360

 

Shaxsning bir qulog’i yo’qligi pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga to’sqinlik qilmaydi. Agar shaxsning eshitish qobiliyati zaif bo’lsa, ana unda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. MK 360-moddasiga ko’ra, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini ish beruvchi dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishi shart.

 

Piskent tumani Adliya bo‘limi

            Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                      R.Surobov