Янгиликлар
Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqishni sudga o‘tkazish va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish
Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqishni sudga o‘tkazish va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish
Agar mehnat nizolari bo‘yicha komissiya o‘n kunlik muddat ichida yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim yoki uning vakili sudga murojaat qilishga haqli.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi o‘ziga topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sudga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud o‘tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, bu muddatni tiklashi va yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i M.F. Urazbayev