Янгиликлар
Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash
Yakka tartibdagi mehnat nizosini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya majlis o‘tkazilguniga qadar, yakka tartibdagi mehnat nizosini to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan holatlarni aniqlaydi (isbotlash predmetini aniqlaydi), nizoni hal qilishda tayanish kerak bo‘lgan qonunlar va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar doirasini aniqlaydi, nizoni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibini aniqlashtiradi, har bir taraf o‘z talablarini asoslash uchun taqdim etishi kerak bo‘lgan dalillar ro‘yxatini belgilaydi.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i M.F. Urazbayev