Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-205, 12.12.2023-y.) qabul qilindi


“Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-205, 12.12.2023-y.) qabul qilindi

 Farmonga koʻra, 2024-yil hosilidan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va klasterlar oʻrtasida paxta yetkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari tuproq hosildorligi normativlari doirasida Tovar-xomashyo birjasining "paxta xomashyosi seksiyasi"da har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladigan savdolar natijalariga koʻra tuziladi.

 Shuningdek, 2024-yil hosilidan paxta yetishtirish, paxta yigʻim-terimi va xaridini Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

 fyuchers shartnomasi tuzgan yetishtiruvchi va urugʻchilik subyektlariga har yili 1-oktyabrdan, paxta yetishtirish uchun –paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foizda 14 oyga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi;

 klasterlarga:

paxta xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun paxta qiymatining 80 foizigacha yillik 10 foizda 10 oyga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr va oxirgi 4 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;

ijara huquqi mavjud boʻlgan yer uchastkasida paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foizda 24 oyga, shu jumladan 18 oylik imtiyozli davr va oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;

ijara huquqi mavjud boʻlgan yer uchastkasida yetishtiriladigan paxtaning yigʻim-terimi uchun paxta qiymatining 20 foizigacha yillik 10 foizda 12 oyga, shu jumladan 3 oylik imtiyozli davr va oxirgi 9 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi;

 fyuchers shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta uchun toʻlovlarning 80 foizi paxta qabul qilib olingan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi moliya yilining 31-dekabr kunigacha amalga oshiriladi.

 2024-yil 1-maygacha 2024-yil paxta hosilidan elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta va ishlab chiqarilgan paxta tolasini avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimi joriy qilinadi.

 2024-yil 1-yanvardan:

klasterlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish;

klasterlarga nufuzli xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda ular faoliyati samaradorligi va moliyaviy koʻrsatkichlarini mustaqil tashqi auditdan oʻtkazish choralari koʻriladi.