Янгиликлар
Qonunchilikka koʻra, 2024-yil 1-maygacha eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi
Qonunchilikka koʻra, 2024-yil 1-maygacha eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etilishi belgilangan:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi taʼminlanganda;
har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;
paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.