Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ma'muriy javobgarlikka tortilgan xodimga ham intizomiy jazo qo'llasa bo'ladimi?


Ma'muriy javobgarlikka tortilgan xodimga ham intizomiy jazo qo'llasa bo'ladimi?

 

      Mehnat kodeksining 313-moddasi 3-qismiga ko‘ra, har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

 

      MK 300-moddasiga ko‘ra, intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish (ushbu Kodeks 301-moddasining ikkinchi qismi) sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

Ya’ni intizomiy javobgarlik yuridik javobgarlikning bir turidir. Yuridik javobgarlikning ma’muriy, jinoiy, fuqarolik, intizomiy, moddiy javobgarlik kabi turlari bor.

 

      Xodimni ma’muriy javobgarlikka tortilishi, ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik qo‘llash huquqidan mahrum qilmaydi.

 

      Agar sodir etilgan huquqbuzarlik xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa hamda xodim ma’muriy javobgarlikka tortilsa, ish beruvchi xodimga bemalol intizomiy jazo qo‘llashi mumkin.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.