Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar necha kun dam oladi?


Yangi yil bayrami munosabati bilan xodimlar necha kun dam oladi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi
“2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-213-son Farmoniga ko‘ra, 2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 22 mart — juma, 11 aprel — payshanba, 18 iyun — seshanba, 3 sentyabr — seshanba, 31 dekabr — seshanba;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 2 yanvar — seshanba, 23 mart — shanba, 12 aprel — juma, 31 avgust — shanba, 30 dekabr — dushanba.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi «1 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni», «8 dekabr — Konstitutsiya kuni» bayramlari
2024 yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2024 yil 2 sentyabr va 9 dekabr — dushanba kunlariga ko‘chirilishi;

2024 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilsin:

6 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — seshanba kuniga;

13 aprel — shanba kunidan 12 aprel — juma kuniga;

14 dekabr — shanba kunidan 30 dekabr — dushanba kuniga.

Demak, bunda Yangi yilda ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishlari aniq:

 

           30-dekabr — shanba;

           31-dekabr — yakshanba;

           1-yanvar — dushanba (Yangi yil).

           2-yanvar — seshanba

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.