Янгиликлар
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili berish tartibi
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 418-moddasiga asosan:- O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.
Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodim o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan va to‘lib bo‘lganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, ta’tilning davomiyligi xodim o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar va o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.