Янгиликлар
Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish tartibi
Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 486-moddasiga asosan:- tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari bilan tashkilotning ta’sis hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining rahbari bilan qonunda belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.
Qonunda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, tashkilotning ta’sis hujjatlarida tashkilot rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan oldingi tartib-taomillar (tanlov o‘tkazish, lavozimga saylash yoki tayinlash va hokazo) belgilanishi mumkin.
Tashkilot rahbarini, uning o‘rinbosarlarini, tashkilot bosh buxgalterini va tashkilotning alohida bo‘linmasi rahbarini ishga qabul qilish chog‘ida olti oygacha muddat bilan dastlabki sinov belgilanishi mumkin.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov