Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish to‘g‘risida


Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 505-moddasiga asosan:- Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma ichki hujjatlarni (ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni, mukofotlash haqidagi nizomni, smenalar jadvalini va boshqalarni) qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli. Bunda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ichki hujjatlar bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan shartlarni kiritishi kerak. Mazkur mehnat shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy shakl asosida tuziladi.

Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarga ishga kiruvchi shaxslar bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoxud muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarning xodimlariga ushbu mikrofirmadagi ish staji uchun qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin, uning davomiyligi va uni berish tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.

Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining o‘zgarishi (ushbu Kodeksning 137-moddasi birinchi qismi) va ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi (ushbu moddaning 146-moddasi birinchi qismi) to‘g‘risida kamida bir oy oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart.

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov