Янгиликлар
QARZ QAYTARILISHINI KAFOLATLASH UCHUN TILXATDA QARZ OLUVCHI MULKINI GAROVGA QOʻYSA BOʻLADIMI?
QARZ QAYTARILISHINI KAFOLATLASH UCHUN TILXATDA QARZ OLUVCHI MULKINI GAROVGA QOʻYSA BOʻLADIMI?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi 16-son qarorining 23-bandiga asosan (https://lex.uz/docs/1448773) qarz shartnomasini tuzishda maʼlum summani qarzga olish haqidagi tilxatda bir vaqtning oʻzida qarzni qaytarishni taʼminlash uchun biron-bir koʻchar yoki koʻchmas mulkni garovga qoʻyish haqida koʻrsatilgan hollarda sudlar bunday bitim ishtirokchilarining harakatlariga qonun talab qiladigan shaklga rioya qilmaganligiga nuqtayi nazaridan baho berishlari lozim (FK 271-modda).
Agar garov toʻgʻrisidagi kelishuvni rasmiylashtirishda qonunda belgilangan tartibga rioya qilinmagan boʻlsa, majburiyat tuzilmagan hisoblanadi, shunga koʻra garovga oluvchi garov narsasini sotish hisobiga oʻz daʼvolarini qanoatlantirishni talab qilishga haqli emas.
Fuqarolik kodeksining 271-moddasiga koʻra garov toʻgʻpisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno.
Demak, tilxat asosida qarz bersangiz va qarzni qaytarishni taʼminlash uchun biron-bir koʻchar yoki koʻchmas mulkni garovga qoʻyish haqida, albatta, notariusda garov shartnomasi rasmiylashtiring.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov