Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xomiladorlik va tugʻish taʼtilini berish tartibi haqida?


Xomiladorlik va tugʻish taʼtilini berish tartibi haqida?

Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

Shuningdek, Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 27-bandi homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor oʻrinbosari bilan birgalikda berilishi qayd etilgan.

✅ Shunga koʻra siz ham homiladorlik va tugʻish taʼtiliga homiladorlikning 30 haftasidan chiqishingiz kerak deb hisoblaymiz.

????‍♂ Dekret puli ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami: 1136, 08.05.2002-y.) 52-bandiga muvofiq nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda toʻlanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti boʻyicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt boʻyicha ish haqiga qoʻshiladi.

Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik taʼtili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sugʻurta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qoʻshilib, oʻrtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.

☝️Qoidaning mazmuni shundan dalolat beradiki, homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun nafaqani hisoblashda xodimning korxonada ishlagan davrda olgan har qanday toʻlovlari (bu toʻlovlar ichiga xodimga berilgan moddiy yordam, ragʻbatlantirish toʻlovlari, soatbay asosda olgan ish haqi ham kiradi) hisobga olishi lozim.

✅ Demak, siz dekretga chiqishdan oldin olgan ish haqlaringiz va boshqa toʻlovlaringiz qoʻshiladi va 12ga boʻlinadi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov