Янгиликлар
Taʼtilni keyingi yilga koʻchirsa boʻladimi? Yoki foydalanilmay qolgan taʼtil kuyib ketadimi?
Taʼtilni keyingi yilga koʻchirsa boʻladimi? Yoki foydalanilmay qolgan taʼtil kuyib ketadimi?
Assalomu alaykum, savolim kuyidagicha: men shu yili mehnat taʼtilimning (oʻtgan yilgi taʼtil 14 kun+staj 4 kun + 2 nafar farzandlarimga 4 kun + asosiy taʼtil 21 kun+ qoʻshimchasi 6 kun= yarmini olib 25 kun, 24 kuni kolgan. Ushbu taʼtilni keyingi yilgan koʻchirsam boʻladimi? Shu yil olmasam kuyadimi?
YURIST JAVOBI:
❌ Taʼtil kuyib ketmaydi.
Qarang! Mehnat kodeksining 230-moddasi birinchi qismida har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerakligi qayd etilgan.
☝️Qoidaning mazmunidan hamma xodimlar taʼtillarini shu ish yilining oʻzida olishi, ish beruvchi esa taʼtilni shu ish yilida berishi shartligi kelib chiqmoda.
Lekin yuqoridagi normaning ikkinchi qismiga asosan ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʻra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning oʻn toʻrt kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin boʻlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.
✅ Demak, mazkur asoslardan biri boʻlganda xodimning taʼtilning bir qismini (14 kalendar kundan ortiq) kelasi yilga koʻchirishi mumkin va bunda xodim kelasi yil oʻsha taʼtildan foylanishi lozim.
✅ Shunga koʻra siz ham taʼtilning qolgan qismini kelasi yilga koʻchirishingiz mumkin.
❗️Agar bunday boʻlmagan taqdirda, taʼtilning qolgan qismi uchun ishdan boʻshagan vaqtingizda kompensatsiya olasiz (MK 234 va 172-m).
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov