Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xodim mehnat ta’tiliga chiqmasa ham bo’ladimi.


Xodim mehnat ta’tiliga chiqmasa ham bo’ladimi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 230-moddasiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta'tili har yili, ushbu ta'til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat ta'tilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta'tilning 14 kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga, nogironligi bo‘lgan xodimlarga har yilgi mehnat ta'tilini, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida ko‘rsatilgan har yilgi qo‘shimcha ta'tillarni bermaslik taqiqlanadi.

Mehnat kodeksining 225-moddasiga ko‘ra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida 12 oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e'tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.

Misol uchun, 27.12.2023 dan ish boshladi. Uning ish yili 27.12.2023-yildan 26.12.2024-yilgacha bo‘ladi. Bizning misolda har yilgi mehnat ta'tili ta'til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar ya'ni 26.12.2024-yilgacha berilishi kerak. Biroq, ayrimlar mana shu o‘rinda kalendar yilga chalg‘ib ketib, xodimni 31-dekabrgacha ta'tilga chiqarsam bo‘ladi deb, xato o‘ylashadi. Ya'ni xodimni kalendar yil tugagunga qadar emas, xodimning ish yili tugaguniga qadar ta'tilga chiqarish lozim bo‘ladi.

 

Bo’stonliq tumn adliya bo ‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Shoxruxbek Yunusov