Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

KORXONA MULKDORI OʻZGARGANA XODIMLAR BILAN MEHNAT MUNOSABATLARI QANDAY DAVOM ETADI?


KORXONA MULKDORI OʻZGARGANA XODIMLAR BILAN MEHNAT MUNOSABATLARI QANDAY DAVOM ETADI?

 

Mehnat kodeksining 156-moddasiga   asosan Tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilganda, qoʻshib olinganda, boʻlinganda, ajratib chiqarilganda, oʻzgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.

Bu yerda mehnat shartnomasi boshqa raxbariy xodimlar bilan bekor qilinishi mumkin. Yangi mulkdor tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida boʻlinmasi rahbari bilan ushbu Kodeks 489-moddasining birinchi qismi 1-bandiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.    Yaʼni mulkdor barcha xodilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqi mavjud emas.

Albatta shu oʻrinda savol tugʻilishi tayin. Yangi mulkdorning shtatlar soniga oʻzgartirish kiritish tartibi qanday boʻladi?

Tashkilotning mulkdori almashganda xodimlar sonini yoki shtatini oʻzgartirishga faqat mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. Moddaning mazkur bandidan anglashiladiki, yangi mulkdorga shtatlar jadvalini oʻzgartirish uchun hech qanday cheklov mavjud emas.

Tashkilotning idoraviy taalluqliligi (boʻysunuvi) oʻzgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi (qoʻshib yuborilganligi, qoʻshib olinganligi, boʻlinganligi, ajratib chiqarilganligi, oʻzgartirilganligi) ushbu tashkilotning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.

 

YUXKM boshligi

U.Tulaganov