Янгиликлар
NIKOH BUZILGANI UCHUN TOʻY HARAJATLARINI QUDA TARAFDAN UNDIRIB OLSAK BOʻLADIMI?
NIKOH BUZILGANI UCHUN TOʻY HARAJATLARINI QUDA TARAFDAN UNDIRIB OLSAK BOʻLADIMI?
Oila kodeksining 44-moddasi 3-qismida nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida toʻyni oʻtkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmasligi belgilab qoʻyilgan.
Bundan tashqari Oliy sud plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” gi qarorining 20-bandida ham:
➖umumiy mol-mulkni boʻlishda er-xotinning umumiy qarzlari va oila manfaatlari yoʻlida vujudga kelgan majburiyatlar ham inobatga olinishi biroq, toʻyni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun olingan qarzlar va boshqa xarajatlar bunda inobatga olinmasligi belgilangan.
Shu sababli toʻy harajatlarini maʼlum qismini qudalardan undirish toʻgʻrisidagi talabingiz katta ehtimol bilan sud tomonidan inobatga olinmaydi. Ortiqcha sud harajatlariga tushganingiz qoladi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
U.Tulaganov