Янгиликлар
DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRDLANISH OʻQITUVCHIGA OLIY TOIFA OLISHGA ASOS BOʻLADIMI?
DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRDLANISH OʻQITUVCHIGA OLIY TOIFA OLISHGA ASOS BOʻLADIMI?
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida NIZOMning 9 -bandiga asosan Quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻonaga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;
“Ustoz” milliy mukofoti gʻoliblari;
Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari;
respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar;
Pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pogʻonaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.
Nizom qoidalarini sizning holatingizga moslaydigan boʻlsak, siz haqiqatdan ham xalq oʻqituvchisi sifatida taqdirlanib davlat mukofoti bilan taqdirlangansiz. Biroq bu va boshqa qoʻlga kiritgan mukofotlaringiz mazkur nizom qabul qilinishidan avval olingani sababli malaka toifangizni oshishiga sabab boʻlmaydi. Chunki nizomga koʻra, nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinishi belgilangan.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov