Янгиликлар
Quyidagi hollarda avtomobilga taʼqiq qoʻyilishi mumkin:
Quyidagi hollarda avtomobilga taʼqiq qoʻyilishi mumkin:
???? “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan avtomobil egasining qarzdorligi boʻlgan holatda. ❗️Mulkdorning hech qanday qarzi boʻlmagan holatda davlat ijrochisi tomonidan uning avtomobiliga taqiq qoʻyilishi mumkin emas.
???? Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga asosanga binoan agarda mol-mulk (avtomobil) umumiy mulk obekti boʻlsa, (er yoki hotinga ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻlsa,) taraflardan birining iltimosiga binoan taqiq qoʻyilishi mumkin.
???? koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasi taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatlarini keyinchalik, yaʼni bitimda koʻrsatilgan maʼlum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga oʻtkazilganda, notarius tomonidan taraflar oʻrtasidagi toʻlov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda koʻrsatilgan muddatga koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi.
???? avtomobil garov bilan taʼminlangan majburiyatda garov narsasi boʻlsa, bunday holatda ham avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi. Lekin bunday holatlarning barchasida taqiqni notariuslar qoʻyishadi.
❗️Mazkur holatda agarda siz qarzdor boʻlmasangiz, u holda MIB tomonidan avtomobilingizga taqiq qoʻyilishi mutlaqo notoʻgʻri.
Qanday qilib taʼqiqdan yechishingiz mumkin?
Birinchidan, siz dastavval taqiqni qaysi tashkilot qoʻyganligini aniqlashingiz lozim. Taʼqiq MIB tomonidan qoʻyilganmi yoki notarius tomonidan?
Ikkinchidan. Agarda taqiq MIB tomonidan qoʻyilgan boʻlsa, u holda ularning ustidan maʼmuriy sudga shikoyat qilishingiz lozim. Sudda haqiqatdan ham taqiq nooʻrin qoʻyilganligi isbotlansa avtomobilingiz taʼqiqdan chiqariladi.
4.Endilikda, garovga qoʻyilgan mol