Янгиликлар
YATTlar bilishi kerak boʻlgan soliq masalalari.
YATTlar bilishi kerak boʻlgan soliq masalalari.
YATT lar uchun soliq hisoblashda birnechta eʼtibor berish kerak boʻlgan jihatlar bor mazkur posta batafsil tanishib oʻtamiz.
Soliq kodeksining 383-moddasiga asosan YATTlar bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shugʻullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun oʻrnatilgan yuqori stavkada soliq toʻlanadi.
???? I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, oyiga qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi;
???? “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi boʻlgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etiladi
???? bolalar oʻyin avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi.
????Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
Shu oʻrinda deputatlarning ham huquqlarini eslatib oʻtaman Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov