Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar


Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar

 

"Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qonunning 31-moddacsiga asosan 2021-yilning 1-avgustidan eʼtiboran qabul qilingan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun — viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqidagi, koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasini, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkasini umumiy foydalanish uchun (notijorat maqsadlarda) koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi qarorlari;

▫️er uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun — davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan davlat orderi;

▫️er uchastkalarini ijaraga olish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun — ijara shartnomasi.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov