Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Mehnat taʼtilini koʻchiramiz.


Mehnat taʼtilini koʻchiramiz.

 

Hozir – yil yakunida, dekabr oyida baʼzi tashkilotlar xodimlarining foydalanilmagan mehnat taʼtillarini yoppasiga keyingi yilga koʻchirmoqdalar. Afsuski, biz haligacha mehnat taʼtilini koʻchirish deganda, taʼtil har yili dekabr oyida koʻchirilishi kerak deb hisoblaymiz.

Bu notoʻgʻri. Ish yili bilan kalendar yilini chalkashtirmaylik, oʻrtoqlar. Foydalanilmagan mehnat taʼtilini koʻchirish deganda, koʻchirish amaliyotini xodimning yillik mehnat taʼtili beriladigan ish yiliga bogʻlash kerak, aslo kalendar yiliga emas. Bu amaliyotni taʼtil beriladigan ish yili tugaguniga qadar amalga oshirish toʻgʻri boʻladi

Mehnat kodeksining 225-moddasiga koʻra ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida 12 oyga teng b

oʻlgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan eʼtiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.

Shundan tushunish kerakki, mehnat taʼtili hisobi kalendar yili boʻyicha, yaʼni masalan, 01.01.2023-yildan 31.12.2023-yil boʻyicha emas, balki mehnat shartnoma boʻyicha xodim ish boshlangan kundan eʼtiboran – 12 oylik davrni qamrab oladi. Misol, xodim 2022-yil 10-noyabr kuni ish boshlagan boʻlsa, demak unga mehnat taʼtili beriladigan ish yili 2022-yil 10-noyabrdan 2023-yil 9-noyabrga qadar boʻladi. Aynan mana shu davr xodimga mehnat taʼtili beriladigan ish yili chegarasi hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 230-moddasi 1-qismiga koʻra, “har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak” deyilgan.

Mehnat taʼtili ish yili tugaguniga qadar beriladi degan mazkur qoidani yuqorida aytganimdek, kalendar yili (yaʼni, 31-dekabrgacha beriladi deb) tushunmaslik kerak. Yaʼni, agar xodim 2022-yil 10-noyabrdan ish boshlagan boʻlsa, demak uning mehnat taʼtili 31.12.2023-yilgacha emas, balki 09.11.2023-yilga qadar berilishi lozim.

Foydalanilmagan mehnat taʼtilini koʻchirish masalasiga kelsak.

Mehnat kodeksining 230-moddasi 2-qismiga muvofiq, ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʻra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning oʻn toʻrt kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin boʻlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.

Ushbu qoidadagi “joriy yil” deganda ham ish yili nazarda tutilmoqda. Bu yerda koʻchirish uchun eng asosiy talab – joriy ish yilida taʼtilni toʻliq berish imkoni boʻlmagan – ishlab chiqarish hususiyatiga ega boʻlgan alohida hollar boʻlishi shart. Keyin, xodimning roziligisiz taʼtil koʻchirilmaydi va buning uchun hujjat sifatida undan rozilik arizasi olinishi kerak boʻladi. Undan keyingi talab esa, taʼtilning faqatgina 14 kalendar kundan ortiq boʻlgan qismigina keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin (yaʼni masalan, 21 kun asosiy taʼtil +8 kun qoʻshimcha taʼtil = 29 kun. 29 kun–14 kun=15 kun. Demak, koʻchiriladigan taʼtil qismi 15 kalendar kun boʻladi).

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov