Янгиликлар
MODDIY YORDAM PULI XODIMNING OʻRTACHA ISH HAQINI ANIQLASHDA HISOBGA OLINADIMI?
MODDIY YORDAM PULI XODIMNING OʻRTACHA ISH HAQINI ANIQLASHDA HISOBGA OLINADIMI?
Mehnat kodeksining 257-moddasi ikkinchi qismiga asosan:
➖oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish uchun xodimga hisoblangan ish haqining tarkibiga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, soliq solinishi lozim boʻlgan, ish beruvchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlarning barcha turlari kiritiladi.
Yaʼni, oʻrtacha ish haqini hisoblashda uning tarkibiga soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar kiradi.
Hoʻsh, moddiy yordam summasi soliq solinadigan toʻlovlar tarkibiga kiradimi yoki yoʻqmi?
Bu savolni qoʻyayotganimiz, agar siz aytgan moddiy yordam summasiga soliq solinsa, oʻrtacha ish haqini hisoblashda eʼtiborga olinadi, aks holda yoʻq. Hozir shuni aniqlashga harakat qilamiz.
Soliq kodeksining 377-moddasi 10-bandi va 378-moddasi 1-bandi mazmuniga koʻra siz aytgan moddiy yordam summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravaridan koʻp boʻlmasa, bu moddiy yordam summasiga daromad soligʻi solinmaydi.
Masalan, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini siz aytgan vaziyatdan kelib chiqib, avvalgi 980.000 soʻmdan olamiz. 980.000 soʻmning 4,22 baravari 4.135.600 soʻmni tashkil qiladi. Demak, xodimga ajratilgan moddiy yordam summasi 4.135.600 soʻmgacha boʻlsa, unga soliq solinmaydi.
Hulosa shunday: agar siz aytgan vaziyatda xodimga ajratilgan moddiy yordam summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravaridan koʻp boʻlmasa, bu moddiy yordam summasi soliq solinmaydigan toʻlov boʻlganligi uchun xodimning oʻrtacha ish haqini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov